Samarqanddan Olmaotaga avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Sport
−
17 aprel 2019
4555Oldinroq, Qozog‘iston va O‘zbekistonning tarixiy shaharlari Samarqand va Turkiston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
Qolaversa, 14 aprel kunidan e’tiboran Samarqand-Olmaota yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar har kuni bir marotabadan amalga oshiriladi. Avtobuslar “Samarqand” ABBdan soat 15:00da jo‘nab ketadi. 1087 km bo‘lgan yo‘nalish masofasi 20 soatda bosib o‘tiladi. Yo‘lovchilar soat 11:00da Olmaota shahrining “Ushkunur” ABBga yetkazib qo‘yiladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 135 000 so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston transport vazirligi tomonidan shu bugunga qadar Qozog‘iston va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan muntazam avtobus qatnovlari yo‘nalishlari soni 12 taga yetdi.
Hozirgi kunda “Toshkent” avtovokzalidan Toshken-Chimkent (yo‘nalish masofasi 145,2 km, chipta narxi 40 000 so‘m), Toshkent-Olmaota (yo‘nalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 100 000 so‘m), Toshken-Ushkunur (yo‘nalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 100 000 so‘m), Toshkent-Qizilo‘rda (yo‘nalish masofasi 583,0 km, chipta narxi 97 000 so‘m), Toshkent-Turkiston (yo‘nalish masofasi 335,0 km, chipta narxi 50 000 so‘m), Toshkent-Jetisay (yo‘nalish masofasi 104,0 km, chipta narxi 16 000 so‘m), Toshkent-Taraz (yo‘nalish masofasi 331,0 km, chipta narxi 75 000 so‘m), Toshkent-Ostona (yo‘nalish masofasi 1646,0 km, chipta narxi 312 000 so‘m). Shuningdek, Chirchiq-Ushkunur (yo‘nalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 150 000 so‘m), Nukus-Olmaota (yo‘nalish masofasi 1900,0 km, chipta narxi 200 000 so‘m) yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.
LiveBarchasi