Samarqanddagi “zapravka”da dahshatli portlash bo‘ldi. Qurbonlar bor
3-sahifa
−
08 may 19677 2 daqiqa
Kecha, 7 may kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan AYOQSHlardan birida ZIL yonib ketdi va oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani “Qo‘shtepa” MFYda joylashgan “YIGITALI” MCHJga qarashli AYOQSH hovlisidagi yer usti qismida joylashgan 2 dona hajmi 10 metr kub bo‘lgan yoqilg‘i saqlovchi sig‘imlariga (solyarka) ZIL rusumli avtomashinada yoqilg‘i quyish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida dahshatli portlash sodir bo‘lib, oqibatda 4 nafar fuqaro vafot etgan, bir nechtasi esa tan jarohati olgandi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi jabrlanganlar va vafot etganlar holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Bildirilishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni soat 14:00 atrofida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga Farg‘ona shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan o‘t chaqnashi oqibatida jarohat olgan 13 nafar fuqaro olib kelingan. Ulardan 1 nafari o‘lik holatda keltirilgan va uni sud-tibbiy ekspertizaga yo‘naltirilgan.
17 dekabr soat 15:00 holatiga ko‘ra, 2 nafar bemorga bolalar reanimatsiya bo‘limida davo choralari ko‘rilib, ularga “Alangadan keyingi tananing bosh, yuz, bo‘yin, ikkala qo‘l, yelka, bilak, kaft, barmoq, ko‘krak, qorin, ikkala kurak, bel va ikkala oyoq son, boldir sohalarining II-III AB-darajali 90 foiz termik kuyishi, II-III-darajali yuqori nafas yo‘llarining termoingalyatsion jarohati, kuyish shoki o‘ta og‘ir darajasi, asistoliya” tashxisi qo‘yilgan. Umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan. Keyinchalik ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ular vafot etgan.
Shu kuni neyroxirurgik reanimatsiya bo‘limiga 3 nafar bemor yotqizilgan. Ularga alangadan II-III AB darajali 70-90 foiz kuyish darajasi tashxisi qo‘yilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr