Samarqanddagi YTHda Nexia-2 ikkiga bo‘linib ketdi
3-sahifa
−
19 may
12895Kecha, 18 may kuni Samarqand shahrida Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 23:00 larda Samarqand shahar “Xo‘jadoniyor” MFY hududidan o‘tuvchi I.Karimov ko‘chasida 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-2 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga o‘ng yon tomon orqa eshigi bilan urilib YTH sodir qilgan. YTH oqibatida jarohat olganlar mavjud.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushgani xabar qilingandi.