Samarqanddagi YTHda chet ellik halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 noyabr kuni Samarqand viloyatida Tojikiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

24 noyabr kuni taxminan soat 20:00 larda haydovchi tojikistonlik 27 yoshli Ye.N. Opel rusumli avtomobilda Buxoro-Samarqand yo‘nalishida “Buxoro-Samarqand” M-37 avtomobil yo‘lining 141 kmda harakatlanib ketayotgan vaqtida uxlab qolgan. Natijada boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir qilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi Ye.N. hodisa joyida vafot yetgan, avtomashina yo‘lovchisi 28 yoshli U.Q. turli tan jarohatlari bilan Paxtachi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 24 noyabr kuni Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Rossiya Rustam Minnixanov

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing