Samarqanddagi tungi klub oldida ommaviy janjal yuz berdi (video)
3-sahifa
−
23 noyabr 2022
19181Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi tungi klub oldida bir necha fuqarolar mushtlashayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 sentyabr kuni Urgut tumani “Baxrin” MFYda joylashgan tungi klub oldida bir guruh shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjalga aylangan. Holat yuzasidan tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan IIB xodimlari hodisa joyiga yetib borib, janjalning oldi olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Janjal bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hozirda to‘plangan hujjatlar qaror qabul qilish uchun tergov organlariga topshirilgan.
Shuningdek, tuman hududida tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tungi reyd tadbirlari o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar ishlab chiqilgan.
LiveBarchasi