Samarqanddagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaro vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan sobiq “raygaz” rahbari vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, kecha, 21 fevral kuni soat 17:35 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 7-sonli Tergov hibsxonasida saqlanayotgan, Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan ayblanib qamoqqa olingan, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Q. sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga olib borish vaqtida, shu kuni soat 18:00larda vafot etgan.

Birlamchi sud-tibbiyot tashxisga ko‘ra, marhumning vafoti “2-tip qandli diabetning og‘ir asoratlari” oqibatida yuzaga kelgan. Badanida hech qanday jarohat izlari aniqlanmagan.

Bildirilishicha, joriy yilning 18 fevral kuni ayblanuvchi X.Q. kasalligi sababli Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasiga olib chiqilib, akasi X.X.ga xabar qilingan va ularga shifoxonada qo‘shimcha ravishda uchrashuv tashkil etilgan. Ayblanuvchi Q.X. kerakli muolajalardan so‘ng 20 fevral kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlarining xulosasiga asosan sog‘lig‘i qoniqarli bo‘lgani sababli hibsxonaga qaytarilgan.

Hozirda holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand vafot etdi tergov raygaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing