Samarqanddagi restoranlardan biri yonib ketdi
Jamiyat
−
07 mart 2021
8227Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi restoranlarning birida katta yong‘in kelib chiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yuz bergan yong‘inni bartaraf etdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in bugun, 7 mart kuni taxminan soat 11:00 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Omonboy” mahallasida joylashgan restoranda sodir bo‘lgan. Mazkur vaziyat yuzasidan zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib kelgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida binoning taxminan 200 kv.m. maydoni yong‘indan zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan holatda jabrlangan va qurbonlar yo‘q.
LiveBarchasi