Samarqanddagi “Ishtixon dehqon bozori”da yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 14 iyun kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Qoraquyli” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan “Ishtixon dehqon bozori” MCHJda oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari sotiladigan ochiq savdo rastasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bozorda yong‘in boshlangani haqida Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 00:01da xabar kelib tushgan.

Hodisani bartaraf qilish uchun voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 00:32da o‘rab olinib, 01:35 da to‘liq o‘chirilgan. Olib borilgan amaliy harakatlar natijasida savdo rastalarining 450 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sabablari hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing