Samarqanddagi dahshatli YTHda 1 kishi vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 15 noyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Damas va Onix mashinalari o‘rtasida ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi va oqibatda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 14:05 da Samarqand shahar “Al-Xorazmiy” MFY hududidan o‘tgan Nodirabegim va Cho‘lpon ko‘chalari kesishmasida "avariya" sodir bo‘lgan. Haydovchi Damas-2 rusumli avtomobilni boshqarib kelib, chap tomonga ikkinchi darajali yo‘lga burilish vaqtida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Onix avtomobilini o‘tkazib yubormagan hamda yo‘lga chiqib ketib, to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda Damas-2 avtomobilning ikki nafar yo‘lovchisi RSHTYOIM Samarqand filialiga yotqizilgan. Shuningdek, yo‘lovchilardan biri ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida katta tezlikda kelayotgan Gentra piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 16 yoshli qizni urib yuborishi oqibatida qiz halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Damas Onix

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing