Samarqanddagi bog‘chada 1 yoshli bola kaltaklangani bo‘yicha izoh berildi
Jamiyat
−
08 avgust 2021
12829Kecha, 7 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 1 yoshli bolaning kaltaklangani haqida video tarqalgan edi. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati holat bo‘yicha izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 5 avgust kuni Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi fuqaro Sh.N. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB ga 1 yoshli farzandining bog‘cha tarbiyachisi tomonidan kaltaklangani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaatda Samarqand shahridagi “Mechta” xususiy bog‘chasi tarbiyachisi, shu bog‘chada tarbiyalanadigan 1 yoshli bolaning yuz qismiga urganligi bayon etilgan.
Xabarga ko‘ra, ayni paytda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmdagi bog‘cha tarbiyachisining bolalarni urgani bilan bog‘liq video tarqalgan edi.
LiveBarchasi