Samarqanddagi bog‘chada ham yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 11 dekabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi bog‘chada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:40 da Amir Temur mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi binosida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman  Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, ular voqea  joyiga  soat 20:43 da yetib borgan. Soat 21:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining shift va tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, o‘z navbatida, aholidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu kuni, 11 dekabrda Samarqand viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in chiqqandi. Yonish oqibatida bino-inshootlarga va texnika vositalariga zarar etmagan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand bog'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing