Samarqandda yuz bergan o‘zaro janjal qotillik bilan yakun topdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 31 may kunidan 1 iyun kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyatining Narpay tumanida oddiy janjal oqibatidan qotillik yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu kuni soat 23:30 da 27 yoshli D.R. tumanning “Samarqand” avtoshohbekatida Navoiy viloyatidan kelayotgan pochta jo‘natmasini kutayotgan bo‘lgan. Aynan shu vaqtda 47 yoshli Sh.U. o‘zining boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasida D.R. ning o‘ng yelkasidan turtib o‘tadi. Oqibatda yuzaga kelgan janjalda D.R. qo‘li bilan haydovchi Sh.U. ning yuziga bir marotaba uradi. Sh.U. yerdagi toshga yiqilib tan jarohati oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sh.U. olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat bo‘yicha Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.R. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish).

Ammo 2 iyun kuni soat 11:30 da Sh.U. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

“Shu sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan. R.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing