Samarqandda yuk mashinasi 7 ta avtomobilni sudrab ketdi (video)
3-sahifa
−
02 Oktabr
9334Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Samarqand shahrida yuk mashinasi o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan bir necha mashinalarni urib yuborgani aks etgan videolar tarqaldi. Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, YTH kecha, 1 oktyabr kuni soat 18:15 da Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 42 kilometrida yuk transport vositasi harakatlanib kelayotib tormoz qismida nosozlik yuzaga kelganligi sabab yuz bergan. Oqibatda mashina o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yettita yengil transport vositalarining ortidan kelib urilgan.
Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida “KamAZ”ning tirkamasi harakat vaqtida chiqib ketib, 3 ta transportga urilgandi. Hodisa sabab Labo haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgandi.