Samarqandda YPX xodimlari fuqaroni urib olib ketgani aytilgan voqeaga izoh berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida YPX xodimlari fuqaroni urib olib ketayotgani aytilgan video tarqaldi. Holat kecha, 26 aprel kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 26 aprel kuni soat 18:30 larda Samarqand viloyati IIB YHXB YPX xodimlari I.I., F.D. va F.X. Paxtachi tumani “Mirkan” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan vaqtlarida Damas haydovchisi transport vositasini shubxali boshqarishi bilan e’tiborni o‘ziga tortgan. U YPX xodimlariga yaqinlashgan vaqtda to‘satdan ortga qayrilib ketgan.

YPX xodimlari xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan Lacetti avtomobilida haydovchining ortidan kuzatib borgan.

Haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilib, YPX xodimlari u bilan o‘zaro muloqot qilgan vaqtda haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelgan va tekshirish maqsadida tibbiy ko‘rikka taklif etilgan.

Tibbiy ko‘rikda mastlik holati tasdiqlanadigan bo‘lsa, chora ko‘rilishi mumkinligi bilgan haydovchi xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, haydovchining mastlik holati tasdiqlanib, unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va Damas rusumli avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Qayd etish kerakki, YHXBB bayonotida haydovchiga kuch ishlatilgan yoki ishlatilmagani borasida biror ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

YPX

Baholaganlar

388

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing