Samarqandda yangi sinagoga qurilmoqda (video)

Jamiyat

image

Samarqand shahrida sinagoga qurilishi boshlangani haqida xabarlar tarqalmoqda. Unga ilova qilingan videolardan ko‘rinishicha, ibodatxona qurilishiga start berish uchun shaxsan asli samarqandlik bo‘lgan olmos magnati Lev Levayev kelgan. U o‘n besh yoshga to‘lganida oilasi bilan O‘zbekistondan Isroilga ko‘chib ketgan, keyinchalik faoliyatini Londonda davom ettirgan. Levayevning Isroilga ko‘chib ketishiga o‘sha vaqtda Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlagan Burhon Usmonov (Alisher Usmonovning otasi) yordam bergani aytiladi.

Mutasaddilarning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, eski sinagoga binosi avariya holatida bo‘lgan, ya’ni u odamlar hayoti uchun xavf tug‘dirgani sababli buzilgan va o‘rnida yangisi barpo etilmoqda.

Samarqanddagi bu sinagoga binosi ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan yodgorlik hisoblanmaydi. Uning rekonstruksiyasi uchun barcha zaruriy hujjatlar mavjud ekani, yangi barpo etilayotgan sinagogada muzey, yahudiylikda diniy poklanish uchun mo‘ljallangan maxsus suv havzasi (mikva), shuningdek, o‘quv xonalari bo‘lishi rejalashtirilgan. Binoda yaqinda tamal toshi qo‘yilgan, uni kelgusi yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi isroilliklardan jamoat joylarida yahudiy ramzlarni namoyish qilmaslik so‘ralgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand sinagoga Lev Levaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing