Samarqandda “Volga”ga borib urilgan Nexia-2 yonib ketdi
3-sahifa
−
04 Sentabr
2845Bugun, 4 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Nexia-2 yo‘l-transport hodisasiga uchradi va yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Nexia-2 rusumli transport vositasi soat 9:50 atrofida viloyat markazining Bo‘stonsaroy ko‘chasida harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng tomonida yoqilg‘isi tugab to‘xtab turgan “Volga” rusumli transport vositasining orqa qismiga kelib urilishi oqibatida YTH sodir etgan.
Oqibatda Nexia-2 rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in zudlik bilan Samarqand shahar FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Holat oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Cobalt avtomobili yo‘l ustuniga borib urilishi oqibatida yonib ketgandi. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida harakatlanib borayotgan Damas avtomashinasi esa butunlay yonib ketgandi.
LiveBarchasi