Samarqandda O‘zbekiston-Iordaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Jamiyat

image
O‘zbekistonliklar Iordaniyaga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi north_east

O‘zbekistonliklar Iordaniyaga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi

Bugun, 26 avgsut kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Jumladan:

  1. Ekstraditsiya to‘g‘risida bitim;
  2. Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
  3. Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;
  4. Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;
  5. Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  6. Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  7. Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  8. Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;
  9. Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  10. O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  11. Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  12. Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
  13. Din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;
  14. Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla II ibn al-Husayn kecha, 25 avgust kuni davlat tashrifi bilan Samarqandga kelgandi. Samarqand shahri aeroportida Iordaniya Podshohini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Keyin Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimiy Samarqand shahrining ulug‘vor tarixiy obidalari bilan tanishdi. Yetakchilar kechqurun Samarqand xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik majmuasini ham borib ko‘rdi. 26 avgust kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Iordaniya rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing