O‘zbekistonliklar Iordaniyaga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
26 avgust 4960 2 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat tashrifi bilan Samarqandga kelgani xabar qilingandi. Mazkur tashrif davomida tomonlar qator bitimlar va o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi. Bu haqda Iordaniya podshohi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Iordaniya O‘zbekistondan asosan farmatsevtika mahsulotlari, kimyoviy mahsulotlar, o‘g‘itlar, noorganik kimyoviy moddalar hamda yog‘li urug‘lar va ho‘l mevalar eksport qiladi. O‘zbekistonning Iordaniyadan asosiy import tovarlari esa mis, kakao va kakao mahsulotlari, shakar va shakardan tayyorlangan mahsulotlar, don mahsulotlari, sovun, mevalar va yong‘oq hisoblanadi.
Ushbu tashrif chog‘ida O‘zbekiston hukumati va Iordaniya hukumati o‘rtasida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim va turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro ravishda kirish vizasi talabidan ozod qilish to‘g‘risida kelishuvga erishgan hamda investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim tuzilgan.
Bunda tashqari, Iordaniya Bojxona boshqarmasi va O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida tovarlar va transport vositalarining harakati bo‘yicha oldindan onlayn axborot almashinuvi to‘g‘risida bayonnoma imzolangan.
Shu bilan birga, Iordaniya Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, Iordaniya Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston O‘simliklarni himoya qilish agentligi o‘rtasida o‘simliklarni himoya qilish va karantin sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida hayvonlar salomatligi va veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzilgan.
Shuningdek, Iordaniya va O‘zbekiston o‘rtasida 1996 yil 24 noyabrda imzolangan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish bayonnomasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Iordaniya Vaqf va islomiy ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi, Iordaniya Vaqflar va islomiy ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.
Bundan tashqari, Iordaniya hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida jinoyatchilarni topshirish to‘g‘risida bitim, Iordaniya Standartlar va metrologiya tashkiloti hamda O‘zbekiston Texnik tartibga solish agentligi o‘rtasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida o‘zaro anglashuv memorandum imzolangan.
Live
Barchasi