Samarqandda Turkiya fuqarosining firibgarligi fosh bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Turkiya fuqarosi Uchar Juma Turkiya davlati tomonidan qo‘yilgan taqiqni bekor qilish bahonasida sodir etgan firibgarliklari fosh bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 31 yanvar kuni N.R. ning arizasi yuzasidan IIV JQBB va DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda shu kuni soat 14:00 larda Samarqand shahri Registon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlardan birida Turkiya Respublikasi fuqarosi Uchar Juma va uning tanishlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 23 yoshli M.P., 36 yoshli D.E. va 25 yoshli Z.N. lar shartli mijoz sifatida jalb qilingan N.R. ga uni Turkiya davlatidagi “Ucar uluslararasi danismanlik international consulting” shirkati orqali 4200 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni ma’lum qilib, dastlabki to‘lov sifatida 2000 AQSH dollar pul mablag‘larini olgan vaqtlarida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ijtimoiy tarmoqlarda Uchar Juma va M.P. lar “Ucar uluslararasi danismanlik international consulting” shirkati orqali Turkiya davlati tomonidan qo‘yilgan taqiqni bekor qilish, chet el davlatlariga ishga yuborishlari haqida YouTube, TikTok ijtimoiy tarmoqlariga e’lon joylashtirib, Andijon, Samarqand va Toshkent shahrida yashovchi fuqarolardan aldov yo‘li bilan jami 6000 AQSH dollari pul mablag‘i olganliklari aniqlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

491

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing