Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti boshlandi
Jamiyat
−
11 noyabr 2022 5970 1 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi boshlandi. Tadbirdan avval ishtirokchilar birgalikda suratga tushdilar.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qilayotgan yig‘ilishda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, kuzatuvchi mamlakat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni – Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ishtirok etmoqda.

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
Live
Barchasi