Samarqandda tuman FVB boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi
Jamiyat
−
24 dekabr 2022 9232 1 daqiqa
Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 1000 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, FVB boshlig‘i mahalliy fuqaroni o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘limga ishga qabul qilinishida yordam berish evaziga undan 2000 dollar talab qilgan.
DXX va huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan puldan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-(firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sohiba Komilovna
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025