Samarqandda tadbirkor vahshiylarcha “samosud” qilindi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida tadbirkor uch shaxs tomonidan vahshiylarcha kaltaklandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni soat 18:30 da tumanning Mergancha mahallasi hududida joylashgan savdo do‘konlaridan biriga 32 yoshli fuqaro X.M. uch nafar tanishi bilan birga borgan. 

U bir kun oldin ukasi va ushbu do‘konda savdo qilayotgan 29 yoshli fuqaro S.Sh. o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilikni vaj qilib, S.Sh.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida mast erkak dorixonaga borgan yosh bolani kaltaklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tadbirkor bezorilik do'kon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing