Samarqandda sud binosida IIB xodimi jurnalistni kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida Ahmad ismli IIB xodimi jurnalistga aybini tan olishini talab qilib, Samarqand tuman sudida kuch ishlatgan va uni haqorat qilgan. Bu haqda jurnalist Bahodir Hasanov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, voqea o‘tgan yili sodir bo‘lganiga qaramay, xodimga qonunda belgilangan tartibda jazo chorasi qo‘llanilmagan va u “hayfsan” intizomiy jazosi bilan qutulib qolgan.

“Men jurnalistik surishtiruv davomida fuqaroni “ahmoq” deganim uchun 10 sutka berishdi, meni kaltaklab, haqoratlagan xodimga esa “hayfsan”, deydi jurnalist.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining 2024 yil 10 sentyabr kunidagi qaroriga ko‘ra, Bahodir Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasiga asosan, uzil-kesil 10 (o‘n) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Jurnalistga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishi bilan birga Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 12 sentyabr kunidagi qarori bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining 2024 yil 10 sentyabr kunidagi qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Bundan tashqari, Hasanovga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining 2025 yil 9 yanvar kunidagi qarori bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining 2024 yil 10 sentyabrdagi qarori hamda unga nisbatan chiqarilgan Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 12 sentyabrdagi qarori o‘zgarishsiz, shikoyat esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. 

Mazkur ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha huquqbuzar Hasanov 2024 yil 3 oktyabr kuni tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilganini, arizasida 2024 yil 9 sentyabr kuni soat 17:30 larda tuman IIB xodimlari tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirganini, ushbu ma’muriy ishni sudda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining binosiga uning qo‘llariga kishan taqqan holda olib kelib, tuman IIB JQB xodimlari Ahmad va Rustam ismli shaxslar hech bir sababsiz qo‘l va oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Samarqand IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing