Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 21 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Cobalt mashinasi Ishtixon tumani “Azamat” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida ko‘chani belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa sodir bo‘lgan mahallada YHXB mutasaddilari va aholi ishtirokida YTHlarning oldini olish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 oktyabr kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini minib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgandi. O‘quvchi Oqtosh mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda “Jiguli” mashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. O‘quvchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. U yerda 17 oktyabr kuni vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing