Samarqandda sobiq er xotiniga “shantaj” qilib, 5 ming dollar so‘radi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida tovlamachilik yo‘li bilan 5 ming AQSH dollari talab qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, turmushidan ajrashgan erkak kishi begona bir ayol bilan til biriktirib, sobiq turmush o‘rtog‘i va bir erkakning yaqin aloqada bo‘lganini “shantaj” qilib, tovlamachilik yo‘li bilan undan pul undirmoqchi bo‘lgan. Ayol va erkak o‘rtasida ishqiy munosabatlar aks etgan foto va videolarni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, 5 ming AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.

Joriy yilning 13 iyun kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Pastdarg‘om tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol 5 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand shantaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing