Samarqandda shifokorni do‘pposlagan fuqaroga hukm o‘qildi (video)
3-sahifa
−
22 iyul 2023
7782Samarqand viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorni do‘pposlagan fuqaroga hukm o‘qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, joriy yilning 8 mart kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi tez tibbiy yordam markazlaridan birining navbatchi shifokori viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Bildirilishicha, shifokor tuman tibbiyot birlashmasida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida tibbiy chaqiruv kelib tushgan. U chaqiruv bo‘yicha mazilga borganda, fuqaro doktorning xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilib, shifokorni do‘pposlagan.
Ayblanuvchi esa shifokorga qo‘l ko‘tarishiga tez tibbiy yordam xodimining chaqiruvga kech yetib kelganini sabab sifatida ko‘rsatgan.
“Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilishi natijada ayblanuvchi Toyloq tumanida yashashi, u oldin ham bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilganligi ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tumani sudiga yuborilgan”, deyiladi xabarda.
Sud qaroriga ko‘ra, shifokorni kaltaklagan fuqaro 3 yil-u 5 oy muddatga uy qamog‘iga hukm qilingan
LiveBarchasi