Samarqandda SHHT sammiti munosabati bilan 30 ta avtobus va tramvay qatnovi to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Samarqandda SHHT sammiti kunlarida shahar jamoat transporti aholiga faqat sakkizta avtobus yo‘nalishi bo‘ylab xizmat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining ma’lum qilishicha, jamoat transporti aholiga faqat 4, 7, 15, 24, 37, 74, 93 va 99-sonli avtobus yo‘nalishlari bo‘ylab ayrim o‘zgartirishlar bilan yo‘lga qo‘yiladi.

Samarqand shahrida qolgan 28 ta avtobus, 2 ta tramvay yo‘nalishi, shuningdek, ikki yo‘nalishdagi taksilar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Shahar va shaharlararo ichki yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari sakkizta vaqtinchalik to‘xtash joyi bilan tashqi halqa yo‘lida harakatlanadi.

Qo‘shni viloyatlarga tegishli avtotransport vositalarining Samarqand shahri hududiga kirmasdan harakatlanishini ta’minlash maqsadida yo‘l ko‘rsatuvchi postlar tashkil etildi.

Haydovchilar ishini yengillashtirish maqsadida maxsus flayerlar, shuningdek, ruxsat etilgan aylanma yo‘llarni ko‘rsatuvchi mobil ilova ishlab chiqilgan.

Avvalroq SHHT sammiti kunlari Samarqand shahri yopilib, 16 ko‘chada transport harakati cheklanishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing