Samarqandda Rossiyaning Bosh konsulligi ochiladi

Jamiyat

image

Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik masalalarida 11 ta hujjat imzolandi.

Xususan, davlat rahbarlari har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qilishdi. Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi tasdiqlandi.

“Ikki davlat hukumatlari o‘rtasida Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida Bosh konsulligini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi”, deyiladi TASS xabarida.

Bundan tashqari, fan va oliy ta’lim vazirliklari, bojxona boshqarmalari, temir yo‘l va boshqa bir qator tuzilmalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga doir hujjatlar qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Samarqand strategik sheriklik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing