Samarqandda reyd: 22 nafar “tungi kapalak” qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Samarqandning Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan tungi reydlarda 22 nafar yengil tabiatli ayollar ushlandi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

Samarqand viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlaridan iborat guruhlar tomonidan Oqdaryo tumani hududida joylashgan “Delnatali trans”, “Aqsoylar” va “Timur servis” nomli tir-parklarda tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, viloyatning shahar-tumanlaridan hamda boshqa viloyatlardan kelgan 22 nafar yengil tabiatli ayollar chet el fuqarolari, ya’ni avtoturargohlarda dam olish maqsadida to‘xtagan fuqarolar bilan avtomashina kabinalarida yaqin aloqada bo‘lgan vaqtida ushlangan.

Ayollar Oqdaryo tuman IIBga olib borilib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190-moddasi tartibida ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Reyd davomida qo‘lga olingan ayollar doimiy yashash manzillari bo‘yicha hududiy hokimliklarning xotin-qizlar qo‘mitalari hamda mahalla faollari va yaqin qarindoshlari o‘rtasida muhokama qilish uchun jo‘natilgan. Shuningdek, ularni tibbiiy ko‘rikdan o‘tkazib, bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish, kelgusida shu kabi salbiy holatlarni oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilanishi nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand reyd

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing