Samarqandda ota va onani 3 farzandi bilan o‘ldirgan guruhga hukm o‘qildi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2019
10014Bugun, 6 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi binosida sudlanuvchilar G‘olib Tashanov, Jahongir Usmonov, Shamshiddin Esonboyev va Habibullo Nurmanovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidovning xabar berishicha, mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Ikrom Muslimov raisligida hamda sudyalar O. Arabov va E. Ergashevdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra:
G‘. Tashanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 270-moddasining 1-qismi va 273-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz, deb topilib oqlandi va jinoyat ishining shu qismi tugatildi.
G‘. Tashanov, J. Usmonov, Sh. Esonboyev va X. Nurmanovning aybidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “o” bandi hamda “p” bandidagi qasddan odam o‘ldirish jinoyatining “uyushgan guruh a’zolari tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda” sodir etishda ifodalangan malakalovchi belgisi chiqarildi.
G‘. Tashanov, J. Usmonov, Sh. Esonboyev va X. Nurmanovning jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-moddasi 4-qismining “v” bandidan, JKning 33-moddasi talablariga muvofiq, Jinoyat kodeksi 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlariga, Jinoyat kodeksi 267-moddasi 3-qismining “b” bandidan Jinoyat kodeksi 267-moddasi 2-qismining “b” bandiga qayta kvalifikatsiya qilindi.
G‘. Tashanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
J. Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandi, 276-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
Sh. Esonboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
X. Nurmanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
Avvalroq, Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan shaxslar ustidan sud boshlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi