Samarqandda ota-bolani bolg‘a bilan o‘ldirib, ularning uyini o‘margan erkak 22 yilga qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida o‘tgan yilning oktyabrida Paxtachi tumanida ota-bolani o‘ldirgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Yangi davr” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 8 oktyabr kuni soat 02:00 larda O.O. ismli shaxs o‘zining hamqishlog‘i — Paxtachi tumani Qarnobota qishlog‘ida yashovchi S.P.ning xonadoniga borgan (ma’lum bo‘lishicha, S.P. yashash uyidan oshxona ochgan) va uning hovlisida xonadon egasi bilan suhbat qilgan. Shunda uy egasi O.O.ga aroq ichishni taklif qiladi va uni olib chiqish uchun omborga kirib ketgan.

Paytdan foydalanib, sudlanuvchi uning orqasidan kirgan va o‘zi bilan olib kelgan bolg‘a yordamida uni urib o‘ldiradi. Uydagi qimmatbaho narsalarni olish uchun hovliga chiqqanida, xonadon egasining 19 yoshli o‘g‘li S.O‘. shovqindan uyg‘onib ketganini ko‘rgan.

Sudlanuvchi unga “otangning mazasi qochdi” deya uni omborga olib kirgan va uni ham bolg‘a bilan urib o‘ldirgan. Shundan so‘ng u uydan jami 72,7 million so‘mlik pul va qimmatbaho buyumlarni olib, jinoyat joyini tark etgan.

Samarqand viloyati prokuraturasi xodimi sudda ayblanuvchi uchun Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida uzil-kesil 25 yil qamoq jazosi tayinlanishini so‘ragan. Sudning yakuniy hukmiga ko‘ra ayblanuvchi O.O. 22 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

798

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing