Samarqandda mudhish YTH: velosiped haydovchisi vafot etdi

Jamiyat

image

Samarqandda vilosiped va NEXIA rusumli avtomobil ishtirokida ry bergan mudhish YTHda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

YTH joriy yilning 10 aprel kuni soat 21:00 da Samarqand tuman "Yangijoy" mahallasi hududidan o‘tuvchi "Yangijoy-Gulobod" avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 

Haydovchi 28 yoshli A.G.  NEXIA rusumli avtomashinasini avtomobil yo‘lining "Yangijoy-Gulobod" yo‘nalishida boshqarib borib, o‘zining harakat yo‘nalishidan velosipedda harakatlanib borayotgan 45 yoshli O.U.ni orqa tomonidan urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan. 

Natijada O.U. olgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand  tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH velosiped

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing