Samarqandda mudhish YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
3-sahifa
−
30 iyul
8828Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Kecha, 29 iyul kuni soat 12:30 larda Samarqand viloyati Urgut tumani “Xo‘jaguzar” MFY hududidan o‘tuvchi “Urgut-G‘o‘s-Avazmergan” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 2003 yilda tug‘ilgan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi “Urgut-G‘o‘s” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Damas rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar Damas yo‘lovchilari va Cabalt avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Bildirilishiga, hozirda Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi