Samarqandda mingga yaqin daraxt aholining o‘ziga kestirilgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida kanal qurilishi davomida mingga yaqin daraxt kesib tashlangani xabar qilindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, tumanda 23 kilometrdan ortiq masofaga cho‘zilgan Oqtepa kanali suvi vaqtincha to‘silib, unda betonlashtirish ishlari boshlangan. Keldon, Nebo‘sa, O‘roqli, Gulzor va Mingchinor mahallalari hududidan o‘tuvchi kanal bo‘yidagi mingga yaqin daraxt yiqitilgani aytilmoqda.

“Turli daraxtlar, jumladan, terak, tol, tut, yong‘oq kabi daraxtlar moratoriy talabiga zid ravishda kesib tashlangani ko‘rinyapti. Qizig‘i shundaki, ayni paytda butun Respublika bo‘yicha suv tanqisligi kuzatilmoqda. Yerosti suvlari, sizot suvlari ham qochgan, ya’ni bir daraxtni ekib qo‘ygandan keyin uning ko‘karishi, bu darajaga olib kelish juda ham qiyin”, degan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherboyev.

Ba’zi daraxtlar kanal bo‘yida yashovchi aholining o‘ziga kestirilgani ma’lum qilindi.

“Shu kanalning nazoratchisi kestirdi. Kesinglar, bizga shunga buyruq berilgan, olib tashlanglar, prezidentning qarori bor, dedi”, degan fuqarolardan biri.

Bildirilishicha, kesilgan daraxt tanalari fuqarolarning o‘zlariga qoldirilib, ularning yarim pulini tegishli irrigatsiya tizimi boshqarmasiga to‘lash shart qilib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 174 tup daraxt kesib tashlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand daraxt Bulung'ur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing