Samarqandda MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Majburiy ijro byurosining Bulung‘ur tuman bo‘limi davlat inspektorlari I.M. hamda F.X.lar tumandagi “Oqtosh” mahallasi “Sho‘rbedana” qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.X.ning yashash xonadoniga energiya resurslari va suvdan foydalanish qonuniyligi holatini tekshirish maqsadida borishgan. Bu haqda Zarnews nashri xabar tarqatdi.
 
Xizmat vazifasini bajarayotgan davlat inspektorlari A.X.ga elektr energiyasi iste’moli бўйича zarur hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan.

Shu пайт A.X.ning o‘g‘li X.X.mast holatda kelib қолgaн va davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatlariga faol qarshilik ko‘rsatib, haqoratlarga ko‘mib tashlagan. Bu ham kamlik qilgandek, uyali telefonlarini hamda xizmat жетонlarини tortib olib, davlat inspektori F.X.ga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi томонидан fuqaro X.X.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

MIB

Baholaganlar

15

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing