Samarqandda mast holda mashina boshqargan haydovchi qamaldi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2025 4898 1 daqiqa
Samarqand viloyati Jomboy tumanida mast holda avtomashina boshqargan haydovchi 15 sutkaga qamaldi, yana 3 nafari ham jazolandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchilarning 3 nafariga Bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida (16 mln 480 ming so‘m) jarima va 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, yana bir nafari sarxush holatda haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqargani uchun 15 sutkaga qamalgan. Bundan tashqari, bir nafar haydovchi YPX xodimining talabiga bo‘ysunmagani sababli BHMning bir baravari (412 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan bo‘lsa, yana biri drift qilgani uchun haydovchilik huquqidan 1 yilga ayrilib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Spark va Lacetti to‘qnashib ketib, ulardan biri yo‘l chetida turgan piyodani ham urib yuborgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025