Samarqandda traktor parki yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 7 aprel kuni soat 05:56 da Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Navro‘z” MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “A.S.” mashina traktor parkida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati FVB xabar berdi.

Hodisa haqida xabar kelishi bilan voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajii jalb etilgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘in joyiga soat 06:00 da yetib borgan va soat 06:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Ta’kidlanishiicha, yong‘in natijasida mashina traktor parkining tokarniy sexining 150 kv.m maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgoh(stanok)lari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanmagani aytilmoqda.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing