Samarqandda mansabdor 13 ming dollar pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
18 may 2021
12867Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 13 ming AQSH dollari evaziga fuqaroga yer olib bermoqchi bo‘lgan mansabdor va fermer qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qiinishicha, kecha, 17 may kuni Pastdarg‘om tumani Davlat soliq inspektori lavozimida ishlovchi B.J. va fermer xo‘jaligi raisi hisoblangan X.B. “Pavloniya” ko‘chatini ekish niyatida yurgan fuqaroga Pastdarg‘om tumanidan 15 gektar yer maydonini 13 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, undan so‘ralgan pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan vaqtida, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXXning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi