Samarqandda maktab o‘quvchisi Nexia-2'da 6 yashar qizni urib yubordi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Urgut tumanida maktab o‘quvchisi Nexia-2 rusumli avtomobilda 6 yashar qizni urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2 iyun kuni Urgut tumanidagi "Yangihayot" mahallasida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi fuqaroning maktabda o‘qiydigan farzandi Nexia-2 mashinani haydab ko‘chaga chiqqan. Haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan yigit mashinani yuqori tezlikda harakatlantirib ketayotib, yo‘lning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tayotgan 6 yoshli qizni urib yuborgan.

Qizaloq shifoxonaga olib borilgan. Ammo, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Toshkent shahrida rusumli avtomobil yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand Urgut Nexia-2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing