Samarqandda Lacetti’da daraxtga urilgan 11-sinf o‘quvchisi vafot etdi
3-sahifa
−
17 fevral 2025 6004 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida Lacetti mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan maktab o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 fevral kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan 54-maktabning 11-sinf o‘quvchisi – 2007 yilda tug‘ilgan bola tumanning “Sherqo‘rg‘on” mahallasidan o‘tgan yo‘lda Lacetti rusumli mashinada boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan va daraxtga urilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida yigit og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan yigit shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Damas mashinasi urib yuborgan 8 yoshli bola halok bo‘lgan edi. Hodisa M-41 avtomobil yo‘lining 1610-kilometrida, ya’ni Termiz tumani Qoraxon mahallasi hududidan o‘tgan qismida ro‘y bergan. YTH qurboni Termiz tumanidagi 17-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025