Samarqandda Labo maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bola vafot etdi (video)
3-sahifa
−
29 iyul
10263Samarqand viloyatida Labo haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 23 iyul kuni soat 14:00 atrofida “Saxovat” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Labo rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lning qatnov qismidan harakatlanib kelayotgan voyaga yetmagan velosipedchini urib yuborib, YTH sodir etgan.
Oqibatda velosipedchi tan jarohatlari bilan shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.
“Yo‘lda to‘satdan oldimda velosiped minayotgan bolakay paydo bo‘ldi. Men uni sezmadim. Haydovchilar va velosipedchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rayman. Men qilgan ishimdan afsusdaman. Bu boshqa takrorlanmaydi”, deydi haydovchi.
Hozirda Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Spark piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgandi.
LiveBarchasi