Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi. Viloyatga kuchli sel kelgani aytilmoqda (video)

Jamiyat

Bugun, 28 mart kuni Samarqand viloyatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida qator tumanlarda ko‘chalarni suv bosdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Viloyat hududida kuzatilayotgan yog‘ingarchilik oqibatida Oqdaryo tumani markazidagi Navro‘z va Abdulla Qodiriy nomli ko‘chalar, “Oqdaryo dehqon bozori”ning ichki yo‘llari, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Mirzo Ulug‘bek nomli mahallasining Alisher Navoiy nomli ko‘chasi hududi, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Bobur nomli ko‘chalarga oqova suvlar to‘planib qolgan.

Mazkur holatlar oqibatlari viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tasarrufidagi bo‘linmalar hamda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, Chelak shaharchasidagi asosiy ko‘chalarni ham suv bosgan va viloyat FVB xodimlari u yerda ham to‘plangan suvni chiqarib tashlash ishlarida qatnashgan.

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, so‘nggi kunlarda yomg‘ir suvlarining toshib, aholi xonadonlari, hovlilar va ichki ko‘chalarga to‘planib qolayotganiga ayrim fuqarolar tomonidan ichki ariqlarning ko‘mib yuborilayotgani, oqibatda suv o‘tkazish imkoniyatining pasayib ketayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa Samarqandga kuchli sel kelgani haqida xabar va videolar tarqalyapti.

1


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand sel

Baholaganlar

275

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made