Samarqandda xorijlik sayyohni kamsitgan mehmonxona boshqaruvchisi qamaldi
3-sahifa
−
28 aprel 2022
17516Samarqandda xorijlik sayyohni haqorat qilib, sha’n va qadr-qimmatini kamsitgan mehmonxona boshqaruvchisi qamaldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuraturaga tarixiy obidalar bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi bo‘yicha mutaxassis V.K. murojaat qilgan. U Samarqand shahrida joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U. uni haqorat qilib, sha’n va qadr-qimmatini kamsitganini aytib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha, mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U.ning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilingan.
Sudning joriy yil 22 apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.