Samarqandda kelin uksus ichib, o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
30 iyun 2022
12384Samarqandda kelin uksus kislotasini ichib, o‘z joniga qasd qilgani holati yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanib, vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni Samarqand shahri “Bog‘bonlar” mahallasi Yangravot ko‘chasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan N.M. “uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan RSHTTYOM Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.
27 iyun kuni esa N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangandi.
LiveBarchasi