Samarqandda kecha ishdan ketgan hokim bugun prokuror bo‘ldi
Jamiyat
−
18 fevral 2022
22090Samarqand shahrining sobiq hokimi Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahar prokurori etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahar prokurori Dilmurod Sayidqulov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan ayni paytgacha Samarqand shahri hokimi vazifasida faoliyat yuritgan Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahar prokurori vazifasiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 fevral kuni Boburmirzo Oblaqulov o‘z arizasiga binoan Samarqand shahar hokimi lavozimidan ozod etilgandi. Ayni paytda ushbu lavozimda Fazliddin Umarov faoliyat yuritmoqda.
LiveBarchasi