Samarqandda “KamAZ” ayol va uning 2 nafar farzandini urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida “KamAZ” rusumli yuk mashinasi piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev ma’lum qildi.

Hodisa 4 iyun kuni soat 16:30 larda Nurobod tumani “Mehnatkash” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Samarqand-G‘o‘zor” A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi P.Yo. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “KamAZ-53212” rusumli yuk avtomashinasida harakatlanib borishi davomida, piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan J.F. va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib yuborgan.

Oqibatda 2 nafar voyaga yetmaganlar olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan. Ularning onasi Samarqand tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand Kamaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing