Qizlarni fohishalikka jo‘natayotgan ikki ayol ushlandi
3-sahifa
−
08 aprel 2022
8697Joriy yilning 4 aprel kuni Samarqand viloyatida qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan ayollar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4 aprel kuni Samarqand shahar IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Sartepa mahallasida yashovchi ikki nafar qiz kelgusida shahvoniy maqsadlarda foydalanilishi uchun Turkiya davlatiga olib ketlishi bilan bog‘liq holat yuzasidan tezkor ma’lumot olingan.
Mazkur ma’lumot yuzasidan Samarqand xalqaro aeroporti hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 33 hamda 34 yoshli ayollar o‘zlari aviachiptalar olib berib, ikki nafar qizni Turkiya davlatiga yuborayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, Turkiyada 38 yoshli samarqandlik ayol bu yerdan borayotgan qizlarni mushtoqlik bilan kutib turgani aniqlangan. O‘zbekistondan borayotgan va jo‘natayotganlar o‘rtasida og‘zaki shartnomalar ham kelishilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 mart kuni Samarqand viloyatida fuqaroni fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun xorijga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi