Samarqandda fuqaroni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida fuqaroni fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun xorijga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 mart kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda ayol (35 yoshli) yengil daromad topish maqsadida bir juvonni (27 yoshli) Turkiyaga yuborayotgan vaqtida viloyat xalqaro aeroportida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Holat xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limiga taqdim etilgan. Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 martida Toshkentda ikki fuqaroni Turkiyaga fohishalik uchun yuborayotgan ayol ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing