Samarqandda qirg‘ovul ovlaganlar tabiatga 288 yarim million zarar yetkazdi
3-sahifa
−
14 Oktabr 2025 3590 1 daqiqa
Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida fuqarolar tomonidan qirg‘ovullar noqonuniy ovlangani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘rganish davomida Pastdarg‘om tumani “Turkman” MFYda yashovchi fuqarolar S.T. va Z.N. tomonidan Nurobod tumani “Yuksalish” MFY hududida 7 ta yovvoyi Zarafshon qirg‘ovuli noqonuniy ovlangani aniqlangan.
Ma’lumot uchun, Zarafshon qirg‘ovuli O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, zaifga yaqin tur hisoblanadi. Soni barqarorlashgan bo‘lsa-da, muhofaza choralari muhim ahamiyatga ega.
Huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 288 million 400 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan. Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Samarqand viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda xorijiy korxona tabiatga 7 milliard so‘m zarar yetkazgandi.
Live
Barchasi