Samarqandda qaynonasi va xotinini o‘ldirgan shaxs uzoq muddatga qamaldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida o‘z qaynonasi va turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirgan shaxs 24 yilu 6 oyga qamaldi. Bu haqda “Yangi davr” informatsion dasturi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 iyul kuni soat 23:00lar atrofida O. ismli shaxs spirtli ichimlik hamda giyohvand modda ta’sirida onasining uyiga ketib qolgan turmush o‘rtog‘ini olib ketish uchun borgan. Biroq qaynonasi va qaynukasi turmush o‘rtog‘ini olib ketishiga to‘sqinlik qilgan. 

Ma’lum qilinishicha, ko‘rsatilgan qarshiliklardan so‘ng, O. qaynonasi, turmush o‘rtog‘i va qaynukasini kaltaklagan. Olgan jarohatlari oqibatida qaynonasi va turmush o‘rtog‘i vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyatchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 24 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing